insurez
28-07-2025 17:51

QADIMIY SHAHAR HUDUDI KENGAYTIRILMOQDA


Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo'lib o'tgan beshta fraksiyalar yig‘ilishlarida Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahri, Kattaqo‘rg‘on va Nurobod tumanlarining chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masala muhokamasi o’tkazildi. 

Yig’ilishlarda siyosiy partiyalar fraksiyalari deputatlari shuningdek, Samarqand viloyati hokimi o'rinbosari Akmal Shukurov, Kattaqo’rg’on shahar hokimi Gavhar Alimova ishtirok etishdi.

Samarqand viloyati hokimi o'rinbosari Akmal Shukurov mazkur qaror bilan Kattaqo'rg'on shahrining qadimiyligini ochib berish va xorijiy sayyohlarni yanada ko'proq jalb qilinishiga erishilishi, shu bilan birga shaharda ishlab chiqarish imkoniyati kengaytirilib, aholi turmush sharoiti yanada yaxshilianishiga xizmat qilishini takidladi.

Kattaqo‘rg‘on shahri, Kattaqo‘rg‘on va Nurobod tumanlarining chegaralarini o‘zgartirilishiga deputatlar tomonidan ijobiy xulosa berildi hamda Yalpi majlis yig‘ilishida qaror loyihasi ko‘rib chiqilishi belgilandi.

Teglar
- -