insurez
02-12-2025 10:34

“PORA” SPEKTAKLI TOMOShABINLAR NIGOHIDA


Shahar Drama teatrida taniqli o‘zbek adibi va dramaturgi Qo‘chqor Norqobilning "Pora” nomli asar asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyish etildi. Spektakl Qashqadaryo viloyati musiqali va drama teatri bosh rejissyori Farxod Boynazarov tomonidan sahanalashtirilgan bo‘lib, korrupsiyaga mukkasidan ketgan insonning qismati aks etgan.

Spektakl namoyishiga tashrif buyurgan uchinchi mintaqaviy hudud 7-son tergov hibsxona shaxsiy tarkibi uni katta qiziqish bilan tomosha qildi.

Shaxsiy tarkib a’zolari spektaklda davrning og‘riqli muammosi, ya’ni Korrupsiya illatining inson va jamiyat taraqqiyotiga ta’siri haqida to‘laqonli ochib berilganligi, bu har bir kishini to‘g‘ri hayot kechirish, halol ishlashga undashini ta’kidladilar.


 

Teglar
- -