insurez
14-11-2025 14:41

POLITEXNIKA TEXNIKUMIDA “YOSHLAR BOG‘I” TASHKIL ETILDI


Bugun ushbu ishlar doirasida Kattaqo'rg'on shahar politexnika texnikumida tashkil qilingan daraxt ko‘chatlari ekish ishlarida Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig'i D.Azizova, shahar hokimi o'rinbosarlari Sh.Kuchkarova va J.G'aniyev, texnikum direktori Z.Rahmonov ishtirok etdi.

Tadbir doirasida texnikum jamoasi, yoshlar ishtirokida muassasa hududiga archa  ko‘chatlari o‘tqazildi.

Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig'i D.Azizova "Yashil makon" loyihasi doirasidagi bu kabi kuzgi ekish ishlar hududlarni ko‘kalam va obod qilishi bilan birga insonlarni ona tabiatni sevish va asrashga, hamjihatlikda ish olib borishga undashini ta’kidladi. 

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etadi.

Teglar
- -