insurez
22-07-2024 18:40

Pensiyaning tayanch miqdori nima va u qanday aniqlanadi?


Pensiyaning tayanch miqdori – bu bazaviy miqdor bo‘lib, yoshga doir va nogironlik pensiyalari uchun pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 55 foizi, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi, lekin rasmiy belgilangan yoshga doir eng kam pensiyaning miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda aniqlanadi.
Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqi qanday hisoblanadi?
Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqi ketma-ket ishlangan oltmish kalendar' oylar uchun qayta hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini oltmishga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
Bunda pensiya so‘rab murojaat etgan kishining xohishiga ko‘ra, ishga qabul qilish yoki mehnat shartnomasini bekor qilish munosabati bilan ish kunlari soni to‘liq bo‘lmagan oylar to‘liq ishlangan kalendar' oylar sifatida hisobga olinadi.

 

Kattaqo‘rg‘on shahar BTPJB

Teglar
- -