insurez
20-07-2024 18:32

Pensiya tayinlashda “ish staji kam chiqish” muammosiga duch kelmaslik uchun nima qilish kerak?


Masalan, siz biror tashkilotda ishlagansiz, lekin pensiyani hisoblash vaqti kelganda ushbu ishlagan davrdagi ish stajingiz tizimdan chiqmayapti.

Bu muammo o‘sha vaqtda ishlaganligingiz to‘g‘risidagi ma'lumotlar Yagona milliy mehnat tizimi (my.mehnat.uz) ga kiritilmaganligidan kelib chiqadi.

Bunday hollarda siz tashkilotdan ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish haqidagi buyruqlardan ko‘chirmalar olgan holda va ushbu joyda mazkur davr mobaynida mehnat faoliyati yuritganlik faktini tasdiqlatishingiz mumkin bo‘ladi.

Shuning uchun, biror tashkilotga ishga joylashayotganingizda yoki u yerdan bo‘shaganingizda doimo tashkilotning kadrlar bo‘yicha xodimidan ma'lumotlaringizni my.mehnat.uz bazasida to‘liq raqamlashtirilganligi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni surab olishingiz mumkin.

Teglar
- -