insurez
03-02-2025 14:12

O‘ZBEK TILI VA GUMANITAR FANLAR KAFEDRASI "MAʼNAVIYAT OYLIGI"GA START BERILDI


SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida fevral oyi davomidagi O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasining "Maʼnaviyat oyligi"ga start berildi. 

Oylik bo‘yicha kafedraning chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi hamda shu asosda o‘tkaziladigan o‘quv va ilmiy, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, tadbirlar belgilandi. 

Oylik xayrli ish bilan boshlandi. Filialning 1-sonli talabalar turar joyida ustozlar va talabalar uchrashuvi o‘tkazildi. 

Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti dekani A.Sobirov, O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri J.Quchqorov va kafedra professor-o‘qituvchilari talabalar huquqiy madaniyatini yuksaltirish, o‘z huquqini bilmaslikning salbiy oqibatlari, ilm olishga ishtiyoqni yanada oshirish haqida suhbatlashdi. 

Shundan so‘ng, kafedra ustozlari tashabbusi bilan talabalar uchun dasturxon yozilib, osh berildi.
Xayrli tashabbus talabalar uchun manzur bo‘ldi.

Teglar
- -