OSIYO CHEMPIONI MUNOSIB KUTIB OLINDI
Hamshahrimiz, shahar sport maktabi va 3 umumta’lim maktabi o‘quvchisi Parvina Shakarova boks bo‘yicha Osiyo chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.
Bugun chempionni kutib olish uchun shahar hokimligi, jamoatchilik vakillari, yoshlar shahar darvozasi oldida yig‘ildilar. Parvina Shakarovani kattaqo‘rg‘onliklar faxr va iftixor bilan qarshi oldilar.
Parvina O'zbekiston terma jamoasi safida Iordaniyaning Amman shahrida bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Qirg‘iston, Turkmaniston, Qozog'iston hamda Hindistonlik raqiblari ustidan g'alaba qozonib, musobaqaning final bosqichida Ukrainalik sportchi bilan bo’lgan jangda raqibiga imkoniyat qoldirmasdan, 49 kg vazn toifasida mutloq chempionlikni qo'lga kiritdi va Osiyo chempioni bo‘ldi.
Hamshaharlarimiz uning ota-onasi va ustozlarini muborakbod etishdi hamda Parvinaning kelgusida bundan yuqori marralarga erishishini tilab duoga qo’l ochdilar.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.