insurez
12-05-2025 16:52

“O‘RIKZOR” MAHALLASIGA YANGI RAIS SAYLANDI


Shu kunlarda respublikamiz bo‘ylab mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu jarayonlar Kattaqo‘rg‘on shahridagi mahallalarda ham uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.
Shu jumladan, bugun shahrimizdagi “O‘rikzor” mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi saylovi ham ko‘tarinki tarzda bo‘lib o‘tdi. Dastlab, nomzodlar o‘zlarining 5 yillik dasturi, rejalari, maqsad va vazifalari haqida maʼlumotlarni o‘qib eshittirdilar. Shundan so‘ng mahalla vakillari o‘zlari istagan nomzodga ovoz berdilar.
 Saylov yakuni natijalariga ko‘ra, eng ko‘p ovoz olgan nomzod Odil Rustamov mahalla raisligiga saylandi. Mahalla vakillari fuqarolar yig‘ini raisining xalq turmush sharoitini yaxshilash yo‘lida boshlayotgan ishlarini  birdavom bo‘lishini bildirdilar.
Shuningdek, shu vaqtga qadar ushbu mahallaga raislik qilib kelgan Zulayxo Ochilovani kuzatdilar va uning kelgusidagi ishlariga zafarlar, oilasiga tinchlik- xotirjamlik tiladilar.

Teglar
- -