insurez
17-05-2025 08:30

OMMAVIY YUGURUSH MARAFON O‘TKAZILDI


Erta tongdan boshlangan ommaviy yugurish hamda yurish marafoni “Korrupsiyadan xoli Yangi O‘zbekiston uchun birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazildi.
Marafon ochilishida shahar hokimligi, ichki ishlar, prokuratura, soliq,  milliy gvardiya, yoshlar ishlari bo‘limi, xotin-qizlar, harbiy xizmatchilar, turli idoralar, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa tashkilotlarning vakillari, hamda sportga befarq bo‘lmagan ko‘ngillilar ishtirok etdilar.

2 mingdan ortiq marafon qatnashchilari kirish darvozasi oldina start olib, Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab harakatlandilar va harbiy qismda finishga yetib keldilar.  
Shahar hokimi Gavhar Alimova bu kabi ommaviy sport tadbirlarini ko‘plab o‘tkazilishi sog‘lom turmush tarzi shakllantirishda muhimligini hamda ishchanlik qobiliyatini oshirishini ta’kidladi.

Marafon so‘ngida harbiy qismda finishga yetib kelgan g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -