insurez
02-05-2025 17:48

“Oilaning namunaviy nizomi” amaliyotga joriy qilinadi


Maʼlumki mamlakatimizda oila institutini mustahkamlashning institutsional va huquqiy asoslari takomillashtirilmoqda. Zamonaviy oilani mustahkamlash va rivojlantirish bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borilmoqda. Shuning bilan birgalikda yoshlarda oila to‘g‘risida zaruriy bilimlarning yetarli darajada emasligi natijasida hududlarda oilaviy nizolar va ajrimlar bilan bog‘liq muammolar ko‘plab uchramoqda. Bu esa yoshlarning oila to‘g‘risidagi tasavvurlarini kengaytirish, ota-onalarni farzand tarbiyasiga oid bilimlar bilan qurollantirish, oila barqarorligini mustahkamlashning ilmiy asoslarini takomillashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.

Bu borada Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi, SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali bilan hamkorlikda “Oilaning namunaviy nizomi” ishlab chiqilib, oilada er va xotining burchlari, ota-onalar bilishi zarur bo‘lgan tavsiyalar, bola tarbiyasining bosqichlari, oilaviy nizolarning kelib chiqish sabablari, oila mustahkamligida qaynona va qaynotalarning roli kabi muhim aspektlar milliy xususiyatlardan kelib chiqib yoritib berilgan. Ushbu Nizomni amaliyotga joriy qilish hamda ilmiy asoslash maqsadida SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi G.Alimova, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oila va xotin-qizlar masalalari kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Axmedova, Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z.Saidova, hamda Samarqand viloyatining bir guruh olima ayollari bilan birgalikda muhokamalar o‘tkazildi, fikr mulohazalar almashildi.

Teglar
- -