insurez
22-08-2024 11:43

Oila va xotin qizlar boshqarmasi boshlig‘i Ingichka shaharchasida bo‘ldi


Kattaqo‘rg‘on shahrida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorligini rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Kuni kecha shahrimizda bo‘lgan viloyat hokimi o‘rinbosari Zebiniso Raxmonova shahar hokimi Gavhar Alimova hamrohligida Ingichka shaharchasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Abdulla Qaxxor mahallasidagi tikuvchilik sexida bo‘ldilar.

“Samkat Mega Star Invest” MCHJ tomonidan ishsiz ayollarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan mazkur tikuv sexida 100 ga yaqin xotin-qizlarning bandligi ta’minlangan. Mahsulotlar Rossiya davlatiga eksport qilinmoqda.

Suhbat davomida bu yerda ishlayotgan xotin-qizlar albatta, bu imkoniyatdan, oilasi farzandlari yaqinida ishlayotganliklaridan mamnun ekanliklarini, yaratilgan sharoit uchun mutasaddilarga minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -