insurez
24-11-2025 14:09

Odob va axloqli qiz - oilaning ko‘zgusi


Bugun shahrimizning "O‘rikzor" mahallasi hududidagi 11-IDUMda o‘qiydigan yuqori sinf o‘quvchi qizlar bilan "Odob axloqli qiz - oilaning ko‘zgusi" mavzusida mahalla xotin-qizlar faoli, "Oqila ayollar harakati" azolari va maktab psixologi ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda o‘quvchi-qizlar bilan eng avvalo ta’lim olish uchun yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanib, qiziqqan fanlarni, chet tillarini va kasb- hunarlarni  o‘rganish lozimligi, qizlarning kiyinish, yurish - turush odobiga rioya qilish,  yashab turgan xonadonida tozalikka e’tiborli bo‘lish hamda erta turmushning salbiy oqibatlari to‘g‘risida mazmunli suhbat olib borildi.

Teglar
- -