“NUROBOD" MAHALLASIGA RAIS SAYLANDI
Respublikamiz bo‘ylab may-iyun oylarida mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari saylovlari o‘tkazilish belgilangan. Ushbu jarayonlar Kattaqo‘rg‘on shahridagi mahallalarda ham uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda. Mahalla vakillari ushbu saylovlarda juda faol ishtirok etmoqdalar.
Shu jumladan bugun Ingichka qo’rg’onchasidagi "Nurobod" mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi saylovi ham ko‘tarinki tarzda bo‘lib o‘tdi. Dastlab, vakillarga nomzodlar o‘zlarining 5 yillik dasturi, rejalari, maqsad va vazifalari haqida maʼlumotlarni o‘qib eshittirdilar. Shundan so‘ng mahalla vakillari o‘zlari istagan nomzodga ovoz berdilar.
Saylov yakuni natijalariga ko‘ra, eng ko‘p ovoz olgan Rashid Rasulov mahalla raisligiga qayta saylandi. Mahalla vakillari fuqarolar yig‘ini raisining xalq turmush sharoitini yaxshilash yo‘lidagi kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyat tiladilar.