insurez
01-07-2024 09:10

NAVQIRON, BILIMLI VA SOG‘LOM AVLOD YURT TAYANCHIDIR


SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida 30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida tadbirlar, tanlov va musobaqalarga start berildi. 

Filial faollar zalida tadbirning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi bilan boshlandi.

Shundan so‘ng, filial direktorining birinchi o‘rinbosari Sh.Mustafayev so‘zga chiqib, yurtimiz yoshlari, filialimiz talabalarini tabrikladi. Ona Vatanimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatini alohida e'tirof etdi.

 Yoshlar kuni munosabati bilan filialda sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar boshlandi.

Teglar
- -