insurez
17-07-2025 14:10

NAVBATDAGI QABUL ZIYOLILAR MAHALLASIDA O‘TKAZILDI


Kattaqo‘rg‘on shahar 4-sektor hududidagi "Ziyolilar" mahallasida sektor rahbari, shahar hokimining o’rinbosari Jasur Gʻaniyev tomonidan aholi murojaatlarini o’rganish maqsadida fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul o’tkazildi. Sayyor qabulda 14 nafar fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammo va masalalar yuzasidan ishtirok etishdi. 

Qabul jarayonida fuqarolardan tabiiy gaz ta’minoti, uy-joyni xususiylashtirish,  ijtimoiy nafaqa, ish bilan taminlash va boshqa masalalari bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi. 

Murojaatlarning 6 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi va qolgan muddat va mablag‘ talab qiladigan murojaatlar ijrosi nazoratga olinib, tegishli mutasaddi tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

 

Teglar
- -