NAVBATDAGI QABUL GO‘ZALKENT MAHALLASIDA O‘TKAZILDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Kattaqo‘rg‘on shahridagi Xalq qabulxonasi va 4-sektor shtabi tomonidan mahallalarda sayyor qabul o‘tkazish reja-jadvalga asosan bugun 4-sektor hududidagi "Go‘zalkent" mahallasida fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Qabulda 14 nafar fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammo va masalalar yuzasidan ishtirok etib, bundan 4 nafari joyida hal yetildi, 5 nafariga huquqiy tushuntirishlar berildi, 5 ta masalalar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.
Qabul jarayonida fuqarolardan kasb-hunarga o‘qitish, davolanish, ichki yo‘llarni ta’miri va boshqa masalalari bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi. Muddat va mablag‘ talab qiladigan murojaatlarni hal qilish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga topshiriqlar berildi.