MUROJAATLARNING AKSARIYATI JOYIDA HAL ETILDI
Bugun shahar Xalq qabulxonasida shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Kuchkarova hamda shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i H.Hamrayev ishtirokida qabul o‘tkazildi. Unda 30 ga yaqin xotin-izlar o‘zlarinig turli masalalardan iborat bo‘lgan murojaatlari bilan ishtirok etdilar.
Qabul davomida xotin-qizlardan tushgan moddiy yordam olish, salomatligini tiklash, ishga joylashish, oilaviy va boshqa masalalarni o‘z ichiga olgan 10 dan ortiq murojaatlar joyida ijobiy hal etildi. Sog‘ligida muammosi bo‘lgan xotin-qizlarni shifoxonada davolanishlari uchun imkon yaratildi, 5 nafar ingichkalik fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari berildi, shuningdek, 2 nafar ayollarga “Ayollar daftari”dan yordam koʻrsatildi.
Xotin-qizlar murojaatlari hal etilib, ko‘rsatilgan yordamlar uchun minnatdorchiliklarini bildirdilar.