#MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqda Kattaqo‘rg‘on shahar Farobiy ko‘chasida markaziy oqava kollektorining nazorat qudug‘i qopqog‘i nosoz holatga kelib qolganligi bo‘yicha videomurojaat tarqalgan.
Mazkur murojaat yuzasidan “Samarqand suv ta’minoti” AJ Kattaqo‘rg‘on shahar filiali boshlig‘i N.Mamadiyevning ma’lum qilishiga ko‘ra, Farobiy ko‘chasidagi nazorat quduqlari ko’chadan uzluksiz ravishda og‘ir yuk avtomashinalari qatnovi natijasida ta’mirtalab holatga kelganligini hisobga olgan holda, hozirda filial ma’muriyati tomonidan ushbu muammoni hal etish maqsadida og‘ir va o‘ta og‘ir yuklarni ko‘tarishga mo‘ljallangan nazorat qudug‘i qopqoqlari uchun buyurtma qilingan.
Shunga ko’ra, tez fursatlarda nazorat quduqlarini yangilash bo‘yicha tegishli ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, ushbu muammo hal etilishi ma’lum qilinmoqda.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.




