MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
Aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish, fuqarolarni, xususan ijtimoiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan insonlarga ko‘maklashish yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning asosini tashkil qiladi, desak to‘g‘ri bo‘ladi.
Bugun shahar prokurori Ismoil Nuriddinov shu maqsadda shahrimizdagi Noqis hamda “Zarifobod” mahallalarida yashovchi fuqarolarning xonadonlarida bo‘ldi. Mazkur oilalarning yashash sharoitlari, iqtisodiy ahvolini o‘rgandi. Oila a’zolari bilan suhbatlashish asnosida ularning muammolarini tingladi.
Fuqarolarning murojaatlaridan kelib chiqib, ularni hal etilishi yuzasidan vazifalar belgilab olindi.