MUAMMOGA YЕCHIM - FUQAROGA E’TIBOR
Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar Madaniyat saroyi binosida shahar hokimligi, respublika ishchi guruhi a’zolari, shahar prokuraturasi va shahardagi Xalq qabulxonasi tomonidan aholi muammolarini o’rganish yuzasidan ommaviy sayyor qabul o’tkazildi.
O’tkazilgan ommaviy sayyor qabulda aholi tomonidan bildirilgan har bir masala mas’ullar tomonidan sinchiklab o‘rganildi hamda ijobiy hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
O’tkazilgan qabul davomida kelib tushgan 50 ta murojaatning 10 tasi joyida ijobiy hal etildi, 6 tasiga huquqiy tushuntirish berildi hamda qolganlarining ijrosi nazoratga olinib, mutasaddi tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, qabul yakunida ayollar daftaridagi xotin-qizlarga tikuv mashinalari va pishiriq pechlari taqdim etildi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.