insurez
07-05-2025 14:28

”Milliy kurash" sport musobaqasining sektor bosqichlari o'tkazildi


Kattaqo'rg'on shahardagi barcha mahallalarda yoshlar o'rtasida ommaviy sportni rivojlantirish hamda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Respublika miqyosida sportning "Milliy kurash" turi bo'yicha 18-30 yosh toifasidagi erkaklar (66, 73, 81, 90, +90kg) va ayollar (57, 63, 70 +70 kg) vazn o'rtasida “Prokuror kubogi” musobaqasi o'tkazildi.

Mazkur musobaqada shahar prokurori I.Nuriddinov va viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig'i S.Boboyev ishtirok etdi. Musobaqa yakunida g'olib yoshlar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanib, shahar bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdilar.

Teglar
- -