insurez
17-03-2025 14:15

MILLAT FIDOYISI


Bugun shahar Drama teatrida ushbu nomdagi spektakl namoyish etildi. Jurnalist, dramaturg Farmon Toshev qalamiga mansub ushbu asarda kattaqo‘rg‘onlik prokuror Badriddin Sharipov hayoti va faoliyati aks etgan.

Xalq demokratik partiya viloyat kengashi deputatlik guruhi hamda shahar hokimligi hamkorligida tashkil qilingan “Quvonch va mehr ulashaylik” loyihasi doirasida spektakl namoyishida shahar hokimi Gavhar Alimova, jurnalist Farmon Toshev hamda Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi vakillari hamda viloyat va shahar deputatlari ishtirok etdilar.
Tadbir yakunida so‘zga chiqqanlar ushbu spektakl qahramoni kattaqo‘rg‘onlik prokurorning millat ozodligi, ma’rifati yo‘lidagi fidokorona xizmatlari beqiyos bo‘lganligini e’tirof etdilar.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati. 

Teglar
- -