Merganlikda kuch sinashishdi
Yaqinda Samarqand shahrida viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i kubogi uchun shahar va tumanlar yoshlari o‘rtasida kamondan o‘q otish bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Quvonarlisi, mazkur musobaqada o‘g‘il bolalar o‘rtasida Kattaqo‘rg‘on shahar Ixtisoslashgan maktab o‘quvchisi Bozorov Asadbek muvaffaqiyatli qatnashib, faxrli 2- o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, musobaqada faol ishtirok etgan ushbu maktabning o‘quvchilari ham tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlanishdi.