Mehr va e’tibor og‘ushida
Mamlakatimizda imkoniyati cheklangan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularga mehr ko‘rsatish muqaddas qadriyat hisoblanadi.
3- dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Ingichka qo’rg’onidagi “Joziba” tadbirlar maskanida ingichkalik imkoniyati cheklangan hamyurtlarimiz uchun bayram dasturxoni yozildi.
Tadbirda ishtirok etgan shahar hokimi Gavhar Alimova bugungi kunda mamlakatimizda imkoniyati cheklangan shaxslarni ijtimoiy-siyosiy hayotga faol jalb etishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi haqida so‘z yuritdi.
Eng muhimi, imkoniyati cheklangan har bir yurtdoshimiz xalqimizning, davlat idoralarining mehr-u e’tiboridan chetda qolmasdan, o‘zining mehnati va qobiliyati bilan o‘z o‘rnini egallab kelayotganligini alohida ta’kidladi.
Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilariga sovg‘alar topshirildi.
Tadbir Ingichka madaniyat markazining musiqiy dasturi ostida davom etdi.




