MEHNATLARI E’TIROF ETILDI
Mahallalarni obod qilish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ishlar hududlarning qiyofasini tubdan o‘zgartirib, xalqimiz turmush darajasi va madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Bu borada mahalla xodimlarining mehnatlari beqiyos albatta.
Kuni kecha “Versal” tadbirlar maskanida bo‘lib o‘tgan tadbirda shahrimizda uzoq yillar mahalla raisi sifatida faoliyat yuritgan mahalla tizimi xodimlarining mehnatlari e’tirof etildi.
Tadbirda ishtirok etgan shahar hokimi Gavhar Alimova ularning samarali mehnatlari bilan mahallaning o‘rni va nufuzini yuksaltirish, inson qadrini ulug‘lash, oilalar mustahkamligini ta’minlashga qaratilgan islohotlarni hayotga keng tadbiq etishda munosib hissa qo‘shganliklarini ta’kidladi.
Shundan so‘ng shahar hokimligining tashakkurnomasi va sovg‘alari taqdim etildi. Tadbir shahar Madaniyat bo‘limi san’atkorlarining ajoyib kuy-qo‘shiqlari bilan davom etdi.