MEHNAT YARMARKASI O‘TKAZILDI
Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar Kasbiy ko‘nikmalar markazida shahar hokimligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tashabbusi bilan ishsiz yoshlar va xotin-qizlar, ta`lim muassasalari bitiruvchilari, harbiy xizmatdan qaytganlar, probatsiya nazoratidagi shaxslar hamda boshqa toifadagi fuqarolar uchun “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
Tadbir avvalida shahar hokimi G.Alimova hamda viloyat Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig'i T.Maxmudov so’zga chiqib, bu kabi mehnat yarmarkalar ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlashda muhimligi to’g’risida to’xtalishdi. Ushbu mehnat yarmarkasida shahardagi turli korxona va tashkilotlar o'zlarining bo‘sh ish o‘rinlari hamda ishlab chiqarayotgan mahsulotlari bilan ishtirok etdilar.
Yarmarka davomida fuqarolar mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga va kasb-hunar o‘qishlariga yo‘naltirildi. Shuningdek, ularga mehnat qonunchiligi bo‘yicha tushuntirish va maslahatlar berildi.




