MEHNAT YARMARKASI O'TKAZILDI
Bugun, shahar hokimligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo‘limi tomonidan shahrimizdagi Kasbiy ko'nikmalar markazida “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
Yarmarkada ta`lim muassasalari bitiruvchilari, Muddatli harbiy xizmatdan qaytganlar va ularning ishsiz oila a'zolari, probatsiya hisobida turadigan shaxslar, mehnat migratsiyasidan qaytgan va boshqa toifadagi ishsiz fuqarolar ishtirok etdi.
Yarmarka davomida fuqarolarga o‘zlariga maqbul bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlariga ishga va kasb-hunarga o‘qishga yo’naltirildi hamda ularga mehnat qonunchligi doirasida keng qamrovli tushuntirish va maslahatlar berildi.
Kattaqo'rg'on shahar hokimligi axborot xizmati.