insurez
28-07-2025 17:02

MEHNAT HUQUQLARI KAFOLATI


Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash huquqiga ega.

Har kim eng kam oylik maoshidan past bo‘lmagan miqdorda adolatli haq olish huquqiga ega.

Mehnatga hak to‘lashning eng kam miqdori insonning munosib turmush darajasini ta’minlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi.

Homiladorligi yoki bolasi borligi uchun ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning oylik maoshini kamaytirish taqiqlanadi.

Yollanib ishlovchilarga har yilgi haq to‘lanadigan mehnat ta’tilidan foydalanish huquqi kafolatlanadi.

Davlat fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish choralarini ko‘radi.

Sud qarori bilan tayinlangan jazoni ijro etish tartibidan yohud qonunda nazarda tutilgan boshqa xollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi.

Bolalar mehnatining bolaning sog‘ligiga, xavfsizligiga, ahloqiga, aqliy va jismoniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan uning ta’lim olishiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday shakllari taqiqlanadi.

 

 

Kattaqoʻrgʻon shahar adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

                                                                            bosh yuristkonsulti T.Abdullayev

Teglar
- -