insurez
05-05-2025 17:45

Ma'sullarga zaruriy topshriqlar berildi


Bugun shahrimizga viloyatdan biriktirilgan ishchi guruhi hamda shahar hokimi o‘rinbosarlari va tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. 

Unda aholi farovonligini ta’minlash maqsadida tashkil qilinadigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, turli sport musobaqalari, aholi salomatligini saqlashga yo‘naltirilgan tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish, tomorqadan unumli foydalanish va kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni amalga oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, aholi murojaatlaridan kelib chiqib, hududdagi kommunal sohadagi muammolar, mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boraisidagi dasturlarning ijrosini bajarilishini ta’minlash yuzasidan ma’sullarga zaruriy topshiriqlar berildi va amalga oshiriladigan ishlar umumlashtirilib, tahlil qilib borilshi belgilandi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -