insurez
20-05-2025 17:51

Mas’ullarga vazifalar belgilandi


“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga ko‘ra mahalla yettiligi oldida mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish bilan bir qatorda hududlarni obodonlashtirishga e'tiborli bo'lish ham muhim masala hisoblanadi.

Bugun shahar hokimi G.Alimova tomonidan mahalla yettiligi va mas’ullar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilish ushbu masalaga bag‘ishlandi. Yig‘ilishda shahar hududidagi mahallalarda, korxona-muassasalardagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari holati muhokama qilindi. Ushbu masalaga jiddiy e’tibor berib, joylarda tegishli obodonlashtirish ishlarini doimiy amalga oshirilishini nazoratga olish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi. 

Shuningdek, mahallalarda aholi xonadonlari va korxonalarda quyosh panellari o‘rnatilishi, yashil energiyadan unumli foydalanishni tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi va tegishli vazifalar belgilab olindi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -