insurez
15-07-2025 11:10

MAS’ULLARGA TOPSHIRIQLAR BERILDI


Bugun viloyat hokimligining videoselektor tarzidagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishda shahar hokimi Gavhar Alimova, hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlari shahar hokimligidan ishtirok etdilar. 

Shahar hokimi yig‘ilish kun tartibida ko‘rilgan “Zarbdor” tajribasi asosida shakllantirilgan “Drayver” loyihalarining kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash holati, Onalik va bolalikni muhofaza qilish, erta tug‘uruq va erta nikohning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan shahar mas’ullarining axborotini tingladi. 

Shuningdek, ko‘rilgan masalalar yuzasidan qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -