insurez
29-04-2025 14:36

MAS'ULLARGA TOPSHIRIQLAR BЕRILDI


Bugun viloyat hokimining vidеosеlеktor tarzidagi o'tkazilgan apparat yig'ilishiga shahar hokimi Gavhar Alimova hamda shahardagi tеgishli idora va tashkilotlar rahbarlari shahar hokimligidan ishtirok etdilar.

Yig'ilishda 9-may –  “Xotira va qadrlash kuni” tadbirlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish, 2025-yil I chorak yakuni bilan investitsiya dasturlari va eksport prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilish holati bo'yicha olib borilayotgan ishlar ahvoli va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Shundan so'ng, shahar hokimi kun tartibidagi masalalar yuzasidan shahar mas'ullarining axborotlarini eshitdi. Shuningdеk, yig'lishda tashkilot rahbarlariga biriktirilgan og'ir toifada turgan yoshlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash maqsadida ular bilan olib boriladigan ishlar bo'yicha mas’ullarga tеgishli topshiriqlar bеrildi. 

Teglar
- -