Ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Sanepid qo'mita Kattaqo'rg'on shahar bo'limida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33-yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, undagi inson huquq va erkinliklari kafolatlari haqida ma’lumot berilib, moddalar o'qib eshittirildi. Bosh Qomusimizning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati mavzusida huquqiy bilimlarni oshirishga qaratilgan suhbatlar tashkil etildi.
Shuningdek, shahar Ma'naviyat va marifat bo'limi boshlig'i Q.Boykalonov tadbir ishtirokchilariga yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qonun ustuvorligini ta'minlash va demokratik qadriyatlarni mustahkamlash borasidagi ishlar bo'yicha tushunchalar berdi.




