MAHALLALARDA XAVFSIZ MUHIT BO‘LISHI LOZIM
Kattaqo‘rg‘on shahar Madaniyat saroyida shahar hokimi Gavhar Alimova hamda shahar prokurori Ismoil Nuriddinov boshchiligida shahar mahalla yettiligi vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda mahallalarda jinoyatchilikni oldini olish, kremenogen vaziyatni barqarorlashtirish va profilaktik ishlarni yaxshilash borasida mas’ullar tomonidan olib borilayotgan ishlar tanqidiy muhokama qilindi.
Yig‘ilishda shahar prokurori I.Nuriddinov Prezidentimizning 2025 yil 3 yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son Qarori mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish berdi va bu borada qilinishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, yig‘ilishda joylarda videokuzatuv kameralari o‘rnatilish holati hamda yashil energiyadan foydalanishni tashkil etish borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.