MAHALLALAR OBODLIGI YOʻLIDA
Shahar hokimi Gavhar Alimova “Oʻrikzor” mahallasi faollari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida keyingi yillarda mahallalarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida soʻz yuritildi.
Jumladan, shahar hokimi mahalla tizimida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar bois bugun ularning qiyofasi oʻzgarib, xalq va davlat oʻrtasidagi koʻprik vazifasini oʻtayotganligini, muhimi bu ishlardan aholi mamnunligini taʼkidladi.
Darhaqiqat, ushbu islohotlar aholining farovonlikda va baxtiyorlikda yashashlariga xizmat qilmoqda. Oʻz navbatida mahalla fuqarolari ham mahallani ijtimoiy -iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash yoʻlidagi saʼy-harakatlar uchun oʻz minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.