MAHALLALAR OBODLIGI VA XAVFSIZLIGI YO‘LIDA
Yurtimizda mahallalar obodligi yo‘lida olib borilayotgan ishlar mahallalarni davlat va xalq o‘rtasidagi ko‘prikka aylanishiga xizmat qilmoqda. Zero, o‘tgan yillar davomida olib borilgan ishlar natijasida barcha mahallalar obod maskanlarga aylandi.
Shahar hokimi Gavhar Alimovaning shahrimizdagi mahallalar aholisi bilan uchashuvlarida bu borada so‘z yuritildi.
Shahrimizda aholi va oilalar soni koʻp mahallalardan sanalgan “Yakkabog‘” mahallasida bo‘lgan shahar hokimi keyingi yillarda Kattaqoʻrgʻon shahridagi bunyodkorlik ishlari hamda ushbu mahallada aholi turmush sharoitini yaxshilash yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar haqida toʻxtaldi va mahalla ahlini yanada hamjihatlikda bu ishlarda faol ishtirok etishga chorladi.
Shahar hokimi bilan bo‘lgan uchrashuvda mahalla faollari bugungi kunda aholi farovonligi yo‘lida qilinayotgan ishlarni eʼtirof etishib, o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.