MAHALLA YETTILIGI QANDAY FAOLIYAT YURITMOQDA?
Mahallalarda yettilikning faoliyati yo‘lga qo‘yilgani aholi turmush sharotini yaxshilash borasidagi islohotlarni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Shahrimizdagi “Kunjipay” mahallasida bo‘lgan shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Ikrom Mamatov va boshqa mas’ullar yettilikning bu boradagi faoliyati bilan tanishdilar. Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy yordam ko‘rsatish borasida yettilik tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Mahallada aholi turmush sharoitini, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, ko‘kalamzorlashtirish, bunyodkorlik ishlarini tashkil qilinishi yuzasidan tegishli fikr va mulohazalar berildi.