Mahalla obod bo‘lsa, yurt obod bo‘ladi!
Bugun, Kattaqo‘rg‘on shahar "Ko’hnadam" mahalla fuqarolar yig‘inida "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" ko‘rik - tanlovining mahalla bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi shahar bo’limi boshlig‘i A.Raxmonov, shahar Nuroniy jamg’armasi rahbari T.Xamidov va mahalla faollari ishtirok etdi.
Mazkur tanlov “Ko’hnadam” mahalla binosida nuroniy otaxonlarning duolari bilan boshlandi. Shundan so‘ng mas’ullar mahalla oqsoqollari hamrohligida mahalladagi, ko’p qavatli uylar va xonadonlarga tashrif buyurishdi.
Shuningdek, U.Barnoyev ko’chasidagi tadbirkorlik bilan shug‘ulanib, ishsiz yoshlarni ish bilan ta’minlayotgan A.Narzullaev va M.Turaev xonadonlarida tashkil etilgan kichik ishlab chiqarish sehlari faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Tanlov shahrimiz mahallalarida davom etmoqda.




