Mahalla obod bo‘lsa, yurt obod bo‘ladi!
Bugun, Kattaqo‘rg‘on shahar "Damariq" mahalla fuqarolar yig‘inida "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" ko‘rik - tanlovining mahalla bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda Mahallalar uyushmasi shahar bo’limi mas'ullari, shahar Nuroniy jamg’armasi rahbari T.Xamidov va mahalla faollari ishtirok etishdi.
Mazkur tanlov “Damariq” mahalla binosida nuroniy otaxonlarning duolari bilan boshlandi. Shundan so‘ng mas’ullar mahalla oqsoqollari hamrohligida mahalladagi ko'chalar va xonadonlarga tashrif buyurishdi.
Shuningdek, mahalladagi o'z xonadonida tadbirkorlik bilan shug‘ulanib kelayotgan fuqarolarning xonadonlaridagi sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishildi.
Tanlov shahrimiz mahallalarida davom etmoqda.




