insurez
25-10-2025 16:57

MAHALLA BESHLIGI “ZAKOVAT”DA BELLASHDI


Intellektual o‘yinlarni aholining barcha qatlamlari o‘rtasida keng targ‘ib qilish, o‘yinlarni ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish, intellektual sog‘lom raqobatni yuzaga keltirish, fuqarolarning bilimga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, turli soha vakillarining mantiqiy bilimlarini oshirish maqsadida shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorligida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

14 maktabda bo‘lib o‘tgan mazkur tadbirda ishtirok etgan shahar hokimi Gavhar Alimova mahallalar beshligi jamoalarga omad tiladi. 

Qiziqarli tarzda bo‘lib o‘tgan mazkur intellektual o‘yin natijalariga ko’ra “Yoshlar” nomli jamoa 1-o‘rinni, “Xotin-qizlar” jamoasi 2-o’rinni va “Inson” nomli jamoa 3- o’rinni qo‘lga kiritdi.

Tanlov yakunida g‘oliblar shahar hokimligi tomonidan diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Teglar
- -