Korrupsiyaga taraqqiyot kushandasi!
Kattaqo’rg’on shahar tibbiyot birlashmasida, shahar prokurori I.Nuriddinov va shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i G’.Islomovlar tibbiyot birlashmasi bo’lim boshliqlari hamda shifokorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish hamda Prezidentimizning PQ-1 sonli qarori mazmun-mohiyati keng tushuntirildi. Shuningdek, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish lozimligi alohida ta’kidlandi.
Shahar prokurori tomonidan shifokorlarning korrupsiyaga qo’l urishini oldini olish borasida tegishli ko’rsatmalar berilib, korrupsiyaga moyil xodimlarni “qizil”, xulq-atvorida salbiy o’zgarishlar kuzatilayotgan xodimlarni “sariq” va halol ishlab kelayotgan xodimlarni “yashil” toifaga ajratib, sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi va mas’ullarni rasman ogohlantirdi.