insurez
26-04-2025 14:23

Korrupsiyaga qarshi kurash-dolzarb vazifa


Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi binosida shahar FVB xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurash-dolzarb vazifa” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Kattaqoʻrgʻon shahar hokimi G.Alimova, Samarqand viloyati FVB boshlig‘ining oʻrinbosari hamda viloyat FVB shaxsiy xavfsizlik boʻlimi mas'ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkib o‘rtasida harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarlik va qonun buzilishi, shuningdek, diniy ekstremizm va terrorizm, korrupsiya hamda manfaatlar to‘qnashuvi kabi holatlarining oldini olish, harbiy xizmatchi va xizmatchilarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish borasida tegishli tushunchalar berildi.

Teglar
- -