insurez
05-05-2025 18:26

“KO‘HNADAM” MAHALLASIGA RAIS SAYLANDI


Kattaqo‘rg‘on  shahrida ham fuqarolar yig‘ini raisi saylovlari uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda. Mahalla vakillarining ushbu saylovlarda juda faol ishtirok etayotganliklari quvonarli albatta.

Shu jumladan bugun 11-IDUM binosida “Ko‘hnadam” mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi saylovi ham ko‘tarinki tarzda bo‘lib o‘tdi. Dastlab, nomzodlar o‘zlarining 5 yillik dasturi, rejalari, maqsad va vazifalari haqida maʼlumot berdilar. 

Shundan so‘ng mahalla vakillari  o‘zlari istagan nomzodga ovoz berdilar. 

Saylov yakuni natijalariga ko‘ra eng ko‘p ovoz olgan Shuxrat Xudoyorov mahalla raisligiga qayta saylandi. Nuroniylar mahalla raisining kelgusida xalq turmush sharoitini yaxshilish ishlariga xizmat qilishini tiladilar.

Teglar
- -