KENGASH A’ZOLARI HISOBOT BERDI
Mahallaning jamiyat hayotidagi o‘rnini oshirish maqsadida yettilik faoliyatini yo‘lga qo‘yilgani mahallaning aholi muammolarini hal eta oladigan, davlat organlari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatadigan yetakchi fuqarolik jamiyati institutiga aylanishida muhim qadam bo‘lmoqda.
🔹Shahar hokimligida Mahallalar uyushmasi shahar kengashi a’zolarining o‘tgan davr mobaynida qilingan ishlar yuzasidan hisobotlarni berishlari davomida bu borada shahrimizda amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilindi.
🔹Yettilik rahbarlari, mahallalarda aholi turmush sharoitini yaxshilash, ijtimoiy yordamlarning ko‘rsatish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, obodonlashtirish ishlari va boshqa vazifalaridan kelib chiqib, bajargan ishlari bo‘yicha hisobot berdilar.
🔹Kengash raisi, shahar hokimi G.Alimova kengash a’zolarining kelgusidagi faoliyatlarini yanada rivojlantirish yuzasidan tavsiyalarini berdi.