Kattaqo‘rg‘onlik Zulfiyaxonim izdoshlari bellashdi
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovi ko‘plab iqtidorli va isteʼdodli qizlar uchun imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Ushbu tanlovning Kattaqo‘rg‘on shahar bosqichida ham 100 ga yaqin ana shunday kattaqo‘rg‘onlik iqtidorli qizlar bellashdilar.
Tadbirni ochib bergan shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Kuchkarova tanlov ishtirokchilariga omad tiladi.
Tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan qizlar adabiyot, sanʼat, fan, taʼlim, madaniyat, sport, jamoatchilik ishi va axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida belgilangan shartlar asosida o‘z iqtidor va mahoratlarini namoyon etdilar.
Yakuniy xulosalarga ko‘ra, har bir yo‘nalish bo‘yicha eng yaxshi natijalarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar viloyat bosqichida qatnashish uchun tavsiya qilinadi.




