KATTAQOʻRGʻONDA “MADANIYAT VA EKO-TURIZM” KLASTERI OCHILDI
Yurtimizning turli so‘lim go‘shalarida, tabiat qo‘ynida aholi madaniy dam olishi uchun ko‘plab dam olish maskanlari mavjud. Ana shunday zamonaviy va milliyliknio‘zida mujassam etgan maskanlaridan biri Kattaqo‘rg‘on suv omborida ham tashkil qilndi. Kattaqo‘rg‘onlik tadbirkor S.Ergashev tomonidan yo‘lga qo‘yilgan “Madaniyat va eko-turizm” klasterining ochilishi kattaqo‘rg‘onliklar uchun ajoyib tuhfa bo‘ldi. Mazkur maskanning ochilishida shahar hokimi Gavhar Alimova, idora va tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari, kattaqo‘rg‘onliklar ishtirok etdi.
Shahar hokimi bu so‘lim madaniy dam olish maskani shaharning turizm salohiyatini oshirishini, nafaqat shahar aholisi balki respublikamizdan, xorijdan tashrif buyuradigan insonlar uchun ham xizmat qilishini ta’kidladi.
Maskan kuniga 2000 ga yaqin fuqarolarga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega. Yashil tabiat qo‘ynida, suv bo‘yida barpo etilgan kafe-bar, yozgi shirinliklar zamonaviy ovqatlanish shaxobchalari, oilaviy dam olish maskanlari, yengil konstruksiyali tamaddi joylari barpo etilgan. Shuningdek, keyingi bosqichlarda yopiq va ochiq turdagi akvapark, havo sharlari va suv texnikalari, bolalar oromgohidan iborat bo‘lgan ochiq dam olish maskani, har-xil turdagi dam olish uylari, restoranlar hamda mehmonxona va 8 ming o‘ringa mo‘ljallangan Amfiteatr loyihasi amalga oshiriladi.
Poytaxtdan kelgan san’atkorlarning ajoyib konsert dasturi tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinklik bag‘ishladi.