insurez
21-07-2025 16:58

"Kattaqo‘rg‘on tongi" gazetasi 30 million so‘mlik grantni qo‘lga kiritdi


Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan 2025 – yil uchun 1-tanlovi e’lon qilingan edi. 

Unda “Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi” mavzusidagi loyihasi bilan ishtirok etgan “Kattaqo‘rg‘on tongi” gazetasi g‘olib bo‘ldi va 30 million so‘mlik grant yutug‘ini qo‘lga kiritdi.

Loyiha davomida gazeta muharriri, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Jamshid Nosirov Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi bilan hamkorlikda Korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshiradi.

Teglar
- -