insurez
03-03-2025 10:15

Kattaqo‘rg‘on shahrida yo‘llar xavfsizligi ta’minlanmoqda


Erta tongdan avtomobillar va fuqarolar harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan maxsus texnika vositalari bilan yo‘llarni tozalash va asfalt yo‘llarga qum-tuz aralashmasi sepish ishlari olib borildi.

Shuningdek, piyodalar yo‘laklari mazkur korxona xodimlari tomonidan qordan tozalanmoqda.

Har bir harakat ishtirokchisini yo‘llarda ehtiyotkorlikka, haydovchilarni esa harakatlanish qoidalariga rioya qilishga chaqirib qolamiz!

Teglar
- -