insurez
01-12-2025 19:27

KATTAQO‘RG‘ON SHAHRIDA YANGI RAHBAR TANISHTIRILDI


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, Bekova Mashxura Eshtemirovna - Kattaqo‘rg‘on shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘ii lavozimiga tayinlandi. Kattaqo‘rgo‘n  shahridagi ta’lim tashkilotlari mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari S.Mirzayev  Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘ini o‘qib eshittirdi.
Shuningdek, yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan  shaharda ta‘lim sifatini oshirish, vazirlikdan kelib tushgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish  yuzasidan tavsiyalar berildi. 

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

Teglar
- -