insurez
02-06-2025 11:49

Kattaqo'rg'on shahrida "Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" musobaqasining 2-mintaqa bosqichi bo'lib o'tmoqda


Samarqand viloyatining Kattaqo'rg'on shahrida Prezidentimiz tashabbusi bilan butun mamlakat bo‘ylab keng ko‘lamda o‘tkazilayotgan "Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" musobaqalarining Boks bo‘yicha mintaqaviy bahslariga start berildi.

Tantanali ochilish marosimida Kattaqo'rg'on shahar  hokimi o'rinbosari J.Ganiyev va mutasaddi tashkilot rahbarlari va jamoatchilik vakillari hamda yosh sportchi va murabbiylar ishtirok etdi.

Bugungi mintaqaviy bosqichda viloyatning Kattaqo'rg'on shahar va Kattaqo'rg'on, Narpay, Paxtachi tumanlaridan 100 nafardan ortiq yoshlar 13 ta vazn toifasida "Sport maktablari" hamda "Sport klublari"dan kelgan sportchilar g‘oliblik uchun bellashishmoqda.

Teglar
- -